French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Erta nikohning oldini olish masalasi muhokama etildi
17:21 / 2025-04-14

Xotin-qizlar – kelajagimiz bunyodkorlari bo‘lgan farzandlarni dunyoga keltiruvchilar va ularning tarbiyachilari bo‘lish bilan birga, davlat va jamiyat boshqaruvida o‘zlarining boy bilimi, tajribasi va kuch-g‘ayratini safarbar etishga qodir ulkan salohiyatga ega jamiyatimizning faol a’zolari hisoblanadi.

Shu bilan birga, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini yanada oshirish, islohotlar va o‘zgarishlar jarayonlarida bevosita ishtirokini ta’minlash, ularda daxldorlik hissini kuchaytirish – bugungi kunning eng dolzarb vazifalaridan hisoblanadi.

O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi saylovoldi Dasturida xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligi, davlat boshqaruvidagi o‘rni va ta’sirini oshirish masalasi davlat dasturlarida ustuvor yo‘nalish sifatida e’tiborga olinishi, bu boradagi maqsad va rejalar, umuminsoniy qadriyat hisoblangan xotin-qizlar va erkaklar tengligi g‘oyasi huquqiy jihatdan mustahkamlanishi bilan birga, xotin-qizlarning oiladagi o‘rnini mustahkamlash tarafdori ekanligi belgilangan.

Shu qatorda, partiyaning  2025 yilga mo‘ljallangan Ish rejasida erta nikoh, voyaga yetmagan qizlarni unashtirish kabi salbiy illatlarning oldini olishga qaratilgan “Erta turmush – qadriyat emas!” aksiyasini o‘tkazish va Oliy ta’lim muassasalarida turmushga chiqqan talabalar va talaba onalar uchun qulay sharoitlar yaratilishi yuzasidan nazorat-tahlil tartibida o‘rganishlar olib borish vazifasi belgilangan.

Ushbu vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi “Siyosatchi ayollar klubi” ishtirokida, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi, Sog‘liqni saqlash, Ichki ishlar, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirliklarining hududiy boshqarmalari bilan hamkorlikda “Erta nikoh, voyaga yetmagan qizlarni unashtirish kabi salbiy illatlarning oldini olish” yuzasidan jamoatchilik eshituvlarini tashkil etish, oliy ta’lim muassasalarida talaba onalar uchun yaratilgan shart-sharoitlarni maxsus savolnoma asosida o‘rganish rejalashtirilgan.

Nukus shahrida partiya rejasida belgilangan mazkur vazifalar ijrosi bo‘yicha o‘tkazilgan majlisda shular haqida so‘z yuritildi.

Unda O‘zMTDPdan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga va mahalliy Kengashlarga saylangan deputatlar, tegishli vazirlik va tashkilotlardan mas’ullar, mahalla xodimlari, partiya vakillari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda talaba onalarning o‘quv jarayonlariga to‘siqlarsiz qatnashishlariga ko‘maklashish, oliy ta’lim muassasalarida talaba onalar uchun infratuzilmalar yaratish, jumladan, bog‘chalar, onalar uchun maxsus xonalar tashkil etish choralarini ko‘rish bo‘yicha bir qator taklif va tavsiyalar berildi.

Shuningdek, tadbirda talabalar o‘rtasida oilaviy qadriyatlarga bo‘lgan munosabatlarni yanada kuchaytirish hamda oila institutini mustahkamlash, ota-onalar o‘rtasida qizlarini ta’lim olish yoshida turmushga bermaslikni targ‘ib qilish masalalariga  alohida to‘xtalib o‘tildi.

Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri.