French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Erta aniqla — hayotni saqla
15:22 / 2025-10-21

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida BMT Aholishunoslik jamg‘armasi (YUNFPA) bilan hamkorlikda “Kasallikni erta aniqlash — hayotni saqlash” mavzuida aksiya bo‘lib o‘tdi.

Tadbir sog‘liqni saqlash sohasida xabardorlikni oshirish, ayollarning reproduktiv salomatligi masalalariga jamoatchilik e’tiborini qaratish maqsadida tashkil etildi.  

Kasallikni erta aniqlash bu nafaqat sog‘liqni, balki hayotni saqlab qolish imkoni. Muntazam tekshiruvlar va emlash ayollarni himoya qiluvchi eng muhim qadamlardir.

–Bugungi mavzu har bir ayol, ayniqsa yosh qizlar uchun juda muhim, –dedi oliy toifali akusher-ginekolog, YUNFPA eksperti Muhabbat Ahmedova. – Chunki sog‘lom avlod sog‘lom jamiyatning poydevoridir. Tadbir davomida ishtirokchilarga kasalliklar profilaktikasi, erta tashxis qo‘yishning afzalliklari va sog‘lom turmush tarzini olib borish borasida muhim maslahatlar berildi.

Shuningdek, tadbir davomida ishtirokchilar bevosita savollar berish, shaxsiy maslahat olish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Tadbir yakunida axborot materiallari tarqatildi hamda sog‘lom hayotga oid targ‘ibot ishlari olib borildi.

Gulnoza Boboyeva,

O‘zA