English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
"ERP" elektron tizimi korrupsiyaning oldini olishga xizmat qiladi
09:47 / 2025-12-16

Sport vazirligida "Aksilkorrupsiya oyligi" doirasida "Ochiq eshiklar kuni" tashkil etildi.

Mamlakatimizda korrupsion holatlarning oldini olish, jamiyat taraqqiyotiga to‘g‘onoq bo‘ladigan ushbu illatga qarshi kurashish davlat siyosatining ustuvor vazifalaridan biri sanaladi.

Korrupsiyaga qarshi kurashishga qaratilgan 70 dan ortiq me’yoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilindi.

Tadbirda sport sohasida ushbu illatga qarshi kurash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar, belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash borasidagi sa’y-harakatlar xususida so‘z bordi.

Aytish lozim, joriy yilning o‘tgan davri mobaynida davlat xizmatchilarining korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatini shakllantirish borasida Sport vazirligi tizimida faoliyat yuritib kelayotgan 469 nafar davlat xizmatchilari “Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual akademiyasi”da malakasi oshirildi. Bu, tizimda shaffoflikni ta’minlash, adolat mezonlari birlamchi ekaniga erishishda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.

"Ochiq eshiklar kuni" tadbirida sport sohasi mutaxassislari 230 dan ortiq korrupsiyaga oid o‘quv seminarlari va 140 dan ortiq profilaktik suhbatlar bilan qamrab olingani qayd etildi.

Shuningdek, manfaatlar to‘qnashuvi bo‘yicha doimiy monitoring va huquqiy targ‘ibotlar amalga oshirib kelinayotgani va hozirgi kunga qadar aniqlangan 3 ta holatda manfaatlar to‘qnashuvi bartaraf etilgani aytib o‘tildi.

Byudjet mablag‘larining talon-toroj qilinishi hamda korrupsiyaviy huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida Sport vazirligida maxsus markaz tashkil qilinishi tufayli 9,3 mlrd. so‘mlik maqsadsiz va samarasiz xarajatlar bartaraf etildi.

Sport tizimidagi vazifa funksiyalarini raqamlashtirish va ochiqlikni ta’minlash maqsadida 24 ta axborot “zanjir”larini birlashtirgan "ERP" elektron tizimi yo‘lga qo‘yilgani esa korrupsiyaga yo‘l ochadigan harakatlarning oldini olishda zarur bo‘ladigan omillarga zamin yaratgani bilan ahamiyatli bo‘ldi.

To‘lqin Ro‘ziyev, O‘zA