Eronning yirik shaharlarida havo rekord darajada aynidi
Eronning Tehron, Mashhad, Isfahon va Xuziston muzofoti bir necha shahrida havo sifati o‘ta yomonligicha qolmoqda, tabiiyki ayni holat insonlar sog‘ligi uchun jiddiy xavf tug‘dirmoqda. Mamlakatda havo buzilishi ortidan yuz berayotgan kunlik o‘lim soni 161 kishiga yetdi.
Mutaxassislar inqirozni sanoat ifloslanish manbalari ustidan izchil nazorat yo‘qligi bilan bog‘lamoqda.
Eron meteorologiya tashkiloti noqulay vaziyat dekabr oyi oxirigacha davom etishini bashorat qilmoqda.
Hukumat muammoga barqaror yechim topa olmayapti, deb yozgan "Iran International" nashri.
S.Rahimov, O‘zA