Eronning yangi Oliy Rahbari jarohat oldimi?
Eron davlat televideniyesi mamlakatning yangi Oliy Rahbari Mo‘jtabo Humonaiy harbiy hujum natijasida jarohat olganini ma’lum qildi. Bu haqda "Iran International" nashri ham yozdi.
Teleboshlovchi Humonaiyni ta’riflashda "jonboz" iborasini ishlatgan. Eron siyosiy atamashunosligida bu so‘z odatda dushman zarbasini qabul qilish natijasida tan jarohati olgan shaxsga nisbatan qo‘llanadi. Demak rahbar mamlakatda davom etayotgan harbiy amaliyot chog‘i shikastlangan bo‘lishi mumkin.
Xabar qilinishicha, hodisa "Ramazon urushi" davrida yuz bergan. Mahalliy ommaviy axborot vositalari AQSH va Isroilning Eronga qarshi urushini shunday nomlagan.
Hozircha rasmiy manbalar jarohat qay darajada jiddiyligi yoki boshqa tafsilotlar haqida axborot bermagan. Oliy rahbarning salomatligi va xavfsizligi bo‘yicha ham aniq ma’lumot mavjud emas.
F. Yaxshiboyeva, O‘zA