Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Eronning neftni qayta ishlash zavodida yong‘in sodir bo‘ldi
12:48 / 2021-06-03

Yong‘in neftni qayta ishlash zavodidagi halokat yo‘laklarining birida sodir bo‘lgan, deb xabar qiladi Mehr agentligi.

Voqea joyiga zudlik bilan tez yordam xizmati va o‘t o‘chiruvchilar jo‘natilgan.

Zavodning jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha rahbari Shaker Xafaining bayonot berishicha, yong‘inga qo‘poruvchilik sabab bo‘lmagan.

«Yong‘in texnik muammolar tufayli yuz berdi» – deydi Xafai IRIB telekanali orqali chiqish qilib.

Tehron inqirozlarga qarshi kurash boshqarmasi rahbari Mansur Darajatining ISNA agentligiga ma’lum qilishicha, «Quvurlardagi yonilg‘ilar to‘liq yonib bo‘lishi kerak, shundagina yong‘inni o‘chirish mumkin».

Yong‘in tufayli hech kim qurbon bo‘lmagan, faqat bir ishchi yengil jarohat olgani aytilmoqda.

«Xayriyat, qurbonlar bo‘lmadi. Bir kishi jarohat olgan, unga voqea joyining o‘zida tibbiy yordam ko‘rsatildi» – deyiladi xabarda.

«Hodisa neftni qayta ishlash zavodidagi yonilg‘i zaxiralariga salbiy ta’sir ko‘rsatgani yo‘q, Tehronga benzin yetkazib berishda muammo yuzaga kelmaydi», – deydi Shaker Xafai.