Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Eronning F-5 samolyotida katapulta tizimi to‘satdan ishlab ketishi natijasida ikki uchuvchi halok bo‘ldi
20:35 / 2021-06-01

Eronning F-5 harbiy samolyotida katapulta tizimi to‘satdan ishga tushib ketgan. Natijada ikki uchuvchi hodisa qurboniga aylandi, deya xabar berdi Eronning IRIB teleradiokompaniyasi.

Xabarda aytilishicha, voqea seshanba kuni ertalab Xuziston viloyatidagi Dizful harbiy bazasida yuz bergan.

Bunday holat so‘nggi ikki oy ichida Eron harbiy samolyotlarida ikkinchi marta kuzatilmoqda.