Eronga kelishuv uchun oxirgi muddat belgilandi
AQSH, Fransiya, Germaniya va Buyuk Britaniya Eron bilan yadroviy kelishuvga erishish uchun oxirgi muddat sifatida avgust oyi oxirini belgilashga qaror qildi. Aks holda Islom Respublikasidan ilgari olib tashlangan sanksiya qayta tiklanadi. Ushbu ma’lumotni "Axios" portali tarqatgan.
Nashr yozishicha, AQSH Davlat kotibi Marko Rubio hamda Fransiya, Germaniya va Buyuk Britaniya tashqi ishlar vazirlari telefon orqali muloqot chog‘ida shunga kelishib olgan.
Agar shu muddatda yangi kelishuvga erishilmasa, uch Yevropa davlati BMT Xavfsizlik Kengashi sanksiyasini qayta tiklash mexanizmini faollashtirish niyatida.