Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Eronda zilzila
22:25 / 2025-06-21

Eron shimolida 5,1 magnitudali zilzila qayd etildi, deb xabar tarqatdi Yevropa-O‘rta yer dengizi seysmologiya markazi.

Mutaxassislar ta’kidlashicha, hodisa soat 17:49 da 124 ming kishi yashaydigan Semnan shahridan 36 kilometr masofada kuzatilgan. Silkinish o‘chog‘i 10 kilometr chuqurlikda ekani aytilmoqda.

Eron matbuoti tabiiy ofat Tehron, Qum va Karajda ham sezilgani to‘g‘risida yozgan.

Qurbonlar va vayronagarchilik haqida hozircha ma’lumot yo‘q.