Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Eronda yirik oltin koni topildi
14:32 / 2025-12-02

Eron rasmiylari mamlakat sharqida yirik oltin koni topilganini ma’lum qilmoqda. Gap Janubiy Xurosonda joylashgan “Shadan” oltin koni haqida bormoqda.

Ta’kidlanishicha, konning tasdiqlangan zaxiralari 61 million tonnaga baholangan. Shundan 7,95 million tonnasi oltin saqlovchi oksid rudasi, qolgan 53,1 million tonnasi esa oltin saqlovchi sulfid rudasidan iborat

Bu raqamlar “Shadan” konini o‘lkaning eng yirik oltin konlari qatoriga qo‘shadi, deyiladi xabarda.

S.Rahimov, O‘zA