English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Eronda prezidentlikka nomzodlarni ro‘yxatga olish boshlandi
17:34 / 2024-05-30

Eron Islom Respublikasi prezidentligi uchun 28 iyunga belgilangan navbatdan tashqari saylovda qatanashadigan nomzodlarni ro‘yxatga olish boshlandi. Bu haqda mamlakat Ichki ishlar vazirligi rahbari Ahmad Vohidiy xabar berdi.

Mulozim qayd etishicha, da’vogarlarni ro‘yxatga olish besh kun davom etadi. Keyin yetti kun ichida Konstitutsiyani qo‘riqlash kengashi ro‘yxatga olingan har bir shaxsning zarur talabga muvofiqligini ko‘rib chiqadi.

Anadolu yozishicha, saylov oldi tashviqotiga 14 kun ajratiladi. Davlat rahbarligiga nomzod maqomini olish uchun shaxsan IIVga murojaat qilish lozim.