Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Eronda ofislar joylashgan o‘n qavatli bino qulab tushdi
18:05 / 2022-05-23

Eronning Tasnim axborot agentligi ma’lum qilishicha, mamlakatning janubi-g‘arbida Xuzestan viloyatidagi Abadan shahrida o‘n qavatli bino qulab tushgan, qurbonlar borligi aytilmoqda.

"Amiri ko‘chasidagi binoning bir necha qismi qulagan. Binodagilar to‘lig‘icha evakutsiya qilingan. Bino yonida turgan transport vositalari zarar ko‘rdi", – deyiladi agentlik tarqatgan xabarda.

Hozircha falokat natijasida  to‘rt kishi jabr ko‘rgan va barchasi mahalliy kasalxonaga yotkazilgan. Bir kishi halok bo‘lgan, deyiladi xabarda.
Keyinroq Fars axborot agentligi Eron Yarimoy jamiyati bergan ma’lumotiga tayanib ma’lum qilishicha, qulab tushgan 10 qavatli bino vayronalari ostida kamida 80  kishi qolmoqda. 

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, falokat oqibatida to‘rt kishi qurbon bo‘lgan, 25 kishi jabr ko‘rgan.