Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Eronda noroziliklar avjiga chiqdi (+video)
18:39 / 2026-01-09

Eronda milliy valyutaning qadrsizlanishidan so‘ng boshlangan ommaviy norozilik namoyishlari yangi bosqichga ko‘tarildi. Bunga sabab muhojiratdagi valiahd shahzoda Rezo Pahlaviyning murojaati sabab bo‘ldi, deb xabar berdi Yevronyus.

Payshanba kuni kechqurun muhojiratda yashayotgan valiahd shahzoda Rezo Pahlaviyning ommaviy namoyishlarga chaqiruvidan keyin Tehron ahli ko‘chalarga chiqib, baland ovozda norozilik shiorlarini ayta boshladi.  

Namoyishlar boshlanishi bilanoq Eronda internet va telefon aloqasi o‘chirildi. Noroziliklar dastlab Eron iqtisodiyotining og‘irlashib borayotganiga qaratilgan edi. Keyinchalik bu noroziliklar butun Islom Respublikasi bo‘ylab tarqaldi.  

Shahzoda Rezo Pahlaviy olisda turib payshanba va juma kunlari namoyish o‘tkazishga chaqirgan. Guvohlar so‘zlariga ko‘ra, shahzoda belgilagan vaqtda Tehronning turli mahallalarida ommaviy qichqiriq va shiorlar yangragan.  

Namoyishlarda «Diktatorga o‘lim!», «Islom Respublikasiga o‘lim!» kabi shiorlar aytilgan. Ayrimlar shohni olqishlab, «Bu so‘nggi jang! Pahlaviy qaytib keladi!» deb baqirishdi. «Buyuk Eron xalqi, butun dunyo sizga qarab turibdi. Ko‘chalarga chiqing va yakdil holda talablaringizni ayting», -deyiladi Pahlaviy bayonotida.

Namoyishlarda shohni qo‘llab-quvvatlovchi qichqiriqlar yangradi. Ilgari bunday chaqiriqlar o‘lim jazosiga olib kelishi mumkin edi. Ma’lumotlarga ko‘ra, namoyishlardagi zo‘ravonlik oqibatida kamida 39 kishi halok bo‘lgan, 2 260 dan ortiq odam hibsga olingan.  

Norozilikning kengayishi Eron hukumati va oliy rahbari Oyatillo  Ali Humonaiyga bosimni kuchaytirmoqda. Shu bilan birga, namoyishlar hanuzgacha aniq yetakchilarga ega emas. Pahlaviy chaqiruvi kelgusidagi voqealar rivojiga qanday ta’sir ko‘rsatishi hozircha noma’lum.  

Eron hokimiyati nima sababdan namoyishchilarga nisbatan qat’iy choralar ko‘rmayotganiga ham hozircha izoh yo‘q.  O‘tgan hafta AQSH prezidenti Donald Tramp agar Tehron «tinch namoyishchilarni shafqatsizlarcha o‘ldirsa», Amerika «ularga yordamga kelishi»ni aytgan edi. Trampning bu gaplari Eron TIV tomonidan keskin tanqid qilindi. Biroq Tehronni namoyishchilarga nisbatan keskin choralar ko‘rishdan Trampning aynan shu gaplari tiyib turgan bo‘lsa ajabmas.

<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/Cci8gjElpDQ?si=mUd5pmNyIatYS8ca" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Kenja Bekjonov, Iskandar Ismatov, O‘zA