Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Eronda namoyishlar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi
12:54 / 2022-10-03

Eron parlamenti mamlakatdagi norozilik namoyishlari bilan bog‘liq vaziyat yuzasidan yopiq yig‘ilish o‘tkazdi, deya xabar berdi IRNA agentligi.

Ichki ishlar vaziri Ahmad Vohidiy parlament a’zolariga mamlakatda so‘nggi haftalarda sodir bo‘lgan voqealar yuzasidan hisobot taqdim etgan. Eron politsiyasi boshlig‘i, brigada generali Husayn Ashtariy ham chiqish qilgan.

Gap 30 sentyabr kuni Eron janubi-sharqidagi Siston va Balujiston viloyatida joylashgan Zohidon shahri politsiya bo‘limiga uyushtirilgan hujum haqida ketgan. Ma’lum qilinishicha, favqulodda hodisalar tufayli 19 kishi, jumladan, Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi mahalliy razvedka bo‘limi rahbari ham halok bo‘lgan.