Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Eronda Markaziy Osiyoni Hind ummoniga olib chiqadigan temir yo‘l qurilishi boshlandi
12:10 / 2017-12-29

Eron “Mashhad – Zohidon” temir yo‘li qurilishi boshlanganini rasman e’lon qildi.

Eron “Mashhad – Zohidon” temir yo‘li qurilishi boshlanganini rasman e’lon qildi.

Mazkur temir yo‘li Markaziy Osiyo mamlakatlarini Eronning Hind ummonidagi Chabohor porti bilan bog‘laydigan bo‘lg‘usi temir yo‘lining bir qismi hisoblanadi. Bu haqda Eron birinchi vitse-prezidenti Esxak Jahongiriyning so‘zlariga tayanib mahalliy ommaviy axborot vositalari xabar tarqatgan.

Jahongiriyning eslatishicha, “Shimol - Janub” yo‘nalishidagi 900 kilometrlik temir yo‘li Qozog‘iston, Turkmaniston va Eronning birgalikdagi sa’y-harakatlari natijasida uch yil avval yakunlangan.

Endilikda bu yo‘nalish Chabohor portigacha davom ettiriladi. Mazkur yo‘lakning barpo etilishi natijasida temir yo‘l orqali Yevropa mamlakatlari bilan bog‘langan Markaziy Osiyo davlatlari Hind ummoniga chiqish imkoniyatiga ega bo‘ladi.