Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Eronda davom etayotgan ommaviy tartibsizliklar hozirgacha 300 kishining hayotiga zomin bo‘ldi
14:32 / 2022-11-29

Eronda bo‘lib o‘tgan so‘nggi tartibsizliklarda kamida 300 kishi qurbon bo‘ldi, deb bayonot berdi Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusining Havo-kosmik kuchlari qo‘mondoni Amir Ali Hojizada.

«Yaqinda bo‘lgan tartibsizliklarda o‘zimiznikilardan dushmanlarni ajratib ololmaganimiz sababli 300 kishi halok bo‘ldi», – deya keltiradi Hojizodaning so‘zlarini Mehr agentligi.

Eronda sentyabr oyi o‘rtalaridan buyon ommaviy tartibsizliklar va norozilik namoyishlari to‘xtamayapti. Bunga Maxsi Amini ismli talaba qiz axloq politsiyasi idorasida vafot etgani sabab bo‘ldi. Tartibsizliklar asosan Gilyan, Xuzeston, Siston va Belujiston, Tehron va Kurdiston viloyatlarida bo‘lib o‘tmoqda. Eron hukumati g‘arb mamlakatlarini namoyishchilarni qo‘llab-quvvatlayotganlikda ayblamoqda.

Ta’kidlanishicha, g‘arb mamlakatlari o‘zlarining ommaviy axborot vositalari orqali buzg‘unchi xabarlarni tarqatib, Eronda hukumatni ag‘darishga da’vat etmoqda. Tartibsizlik ishtirokchilari xavfsizlik kuchlari – politsiya, Inqilob qo‘riqchilari korpusi hamda Basij harbiy tuzilmasi xodimlarini o‘ldirish uchun muntazam ravishda hujum uyushtirmoqda.

«Noyabr oy boshida namoyishchilar din arboblari, masjid imomlariga ham hujum qilish hollari kuzatildi. Huquq-tartibot organlari G‘arb mamlakatlari, Isroil va Saudiya Arabistoni razvedka xizmatlari tomonidan yollangan shaxslarni ommaviy qamoqqa olmoqda. Qolaversa, mamlakat chegarasida har kuni namoyish ishtirokchilariga berish uchun olib kelinayotgan qurollar musodara qilinmoqda», deyiladi xabarda.

«Amini 13 sentyabrda Tehron axloq politsiyasi tomonidan ushlanib, politsiya boshqarmasiga va harbiy razvedkaga tegishli «Faraja» markazlaridan biriga olib borilgan. Bu yerda qizning yurak xuruji yuz bergan va zudlik bilan kasalxonaga olib borilgan. Uch kundan keyin qiz vafot etgan. Aholi qizning vafotida axloq politsiyasini ayblamoqda. Ommaviy norozilik namoyishlari shundan keyin kuchayib ketdi», deb yozmoqda RIA Novosti.