Eronda bortida 60 nafar yo‘lovchisi bo‘lgan samolyot halokatga uchradi
Eronning ATR 72 rusumli yo‘lovchi samolyoti 18-fevral kuni halokatga uchradi. Uning bortida 60 yo‘lovchi va 6 ekipaj a’zosi bo‘lgani aytilmoqda.
Eronning ATR 72 rusumli yo‘lovchi samolyoti 18-fevral kuni halokatga uchradi. Uning bortida 60 yo‘lovchi va 6 ekipaj a’zosi bo‘lgani aytilmoqda.Bu haqda Eronning Tasnim axborot agentligi xabar bermoqda.
Tehron – Yasuj yo‘nalishi bo‘yicha parvozni amalga oshirayotgan Aseman Airlines kompaniyasiga tegishli samolyot havoga ko‘tarilgandan 20 daqiqa o‘tib aloqani yo‘qotgan.
Fojia tog‘li hududda sodir ro‘y bergan. Aviakompaniya havo kemasi bortidagilarning barchasi halok bo‘lganini aytmoqda.
Samolyot Isfahon hududidagi Semir shahri yaqinida qulagani taxmin qilinmoqda. Manbaning qayd etishicha, yomon ob-havo sharoiti tufayli qidiruv-qutqaruv ishlari qiyin kechmoqda.
Falokatga yomon ob-havo sharoiti sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.