Eronda "Amad Nyuz" yangiliklar portali rahbari Ruholla Zam shanba kuni qatl etildi, deb xabar tarqatdi Mehr News agentligi.
Xabarda aytilishicha, jazo shanba kuni osib o‘ldirish orqali ijro etilgan.
Bundan avval Eron hukumatiham xorijiy razvedkadan yordam olgan "Amad nyuz" yangiliklar portali rahbari o‘lim jazosiga tortilganini tasdiqlagan edi.
2019 yil oktyabr oyida Islom inqilobi posbonlari Korpusi Zamning qo‘lga olinganini tasdiqlagan edi. Ochiq manbalarda yozilishicha, Zam 2017 dekabr va 2018 yil yanvar oyida Eronda yuz bergan ommaviy noroziliklarni faol yoritgan.
IRNA agentligining ta’kidlashicha, yangiliklar portali rahbari “inqilobga qarshi faoliyati” uchun hibsga olingan. Xabarda aytilishicha, uning harakatlari Fransiya razvedkasi tomonidan boshqarilib turgan hamda AQSH va Isroil razvedka xizmatlari tomonidan qo‘llab-quvvatlangan.
Assoshieyted Press agentligining ma’lumotiga ko‘ra, Zam Parijda qochqinlikda yashagan, biroq uni qanday qilib va qayerda qo‘lga olingani aytilmagan.
O‘zA