Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Eron yevropalik siyosatchilarga sanksiya joriy qildi
18:36 / 2022-12-13

Eron hukumati Yevropaning 32 nafar siyosatchisi, kompaniyasi va muassasalariga qarshi sanksiya joriy etdi. Tehron tomonidan e’lon qilingan cheklov, jumladan, Germaniyadan madaniyat va ommaviy axborot vositalari davlat vaziri Klaudia Rot va sobiq mudofaa vaziri Annegret Kramp-Karrenbauer, Buyuk Britaniyadan mudofaa shtabi boshlig‘i Entoni Radakin, kontrrazvedka muassasasi - “MI5” rahbari Ken Makkallum, Fransiyadan hajviy jurnal “Charlie Hebdo” va “Ozod Yevropa/Ozodlik” radiosi fors tahririyatiga tegishli.

“AFP” agentligi ma’lumotga aniqlik kiritarkan, sanksiyaga tushganlarning mamlakatga kirishi taqiqlanadi, ushbu jismoniy va yuridik shaxslarning mamlakatdagi aktivlari muzlatiladi, dedi.

Eron hukumati 12 dekabr kuni Bryussel e’lon qilgan Yevropa Ittifoqining qo‘shimcha sanksiyalariga shu tariqa munosabat bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, YeI Eron tomonidan inson huquqlari jiddiy buzilishi, jumladan, norozilikda qatnashgan fuqaro qatl qilinishi tufayli va “Eron Ukraina atrofidagi ziddiyatda Rossiyani qo‘llagani” uchun 20 nafar eronlik va Yevropa Ittifoqidagi tuzilmaga nisbatan cheklov choralari qo‘llagan.