Eron Islom Respublikasi prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon 26 iyul kuni Pokistonga rasmiy tashrif bilan boradi. Bu haqda Eron Tashqi ishlar vazirligi vakili Ismoil Baqayi ma’lum qilmoqda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, uchrashuv Eron va Pokiston o‘rtasidagi tarixiy, madaniy va diniy yaqinlikka asoslangan aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
Pezeshkiyon ushbu tashrifni Isroil tomonidan 16 iyun kuni Tehronga uyushtirilgan havo hujumidan omon qolganidan so‘ng amalga oshirmoqda. Hujum chog‘ida prezident hukumat amaldorlari bilan yig‘ilishda bo‘lgan va oyog‘idan jarohat olgandi.
Rasmiy Tehron bu hujumni Isroil tomonidan uyushtirilgan suiqasd deb atadi. Manbalariga ko‘ra, hujumda bir necha yuqori lavozimli harbiylar va olimlar halok bo‘lgan.
Eron hukumati tashqi agressiyalarga qaramay mintaqaviy diplomatik aloqalarni faollashtirmoqda. Pokistonga tashrif ham ushbu siyosat doirasidagi muhim qadamlardan biri hisoblanadi.
Musulmon Ziyo, O‘zA