Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Eron yangi gipertovushli raketani sinovdan o‘tkazdi
17:03 / 2023-06-07

Eron islom inqilobi qo‘riqchilari korpusining Harbiy-fazoviy kuchlari yangi “Fattoh” gipertovushli raketasini sinovdan o‘tkazdi, deb xabar tarqatdi “Fars news” agentligi.

“Gipertovushli “Fattoh” raketasi Harbiy-fazoviy kuchlarning yangi yutug‘idir”, deyiladi xabarda.  

Qayd etilishicha, ushbu qurilma har qanday raketaga qarshi mudofaa tizimini sezdirmay chetlab o‘ta oladi va yo‘q qiladi. Raketaning parvoz masofasi 1 400 km, tezligi esa soatiga 14-15 ming kilometr. Nishonni yuqori darajada aniq mo‘ljalga olishi, hujumga chap berishi va radiolokatsiya tizimiga bildirmay parvoz qilishi bilan boshqa raketalardan ustun.  

Ta’kidlanishicha, bunday raketalar AQSH, Rossiya va Xitoy ishlab chiqarayotgan eng yangi qurollar sirasiga kiradi.