Eron yadroviy dasturini to‘xtatishga rozimi?
“The New York Times” nashri yozishicha, agar AQSH Eronga nisbatan joriy qilgan sanksiyalarini bekor qilsa, Tehron o‘z yadroviy dasturini uzoq muddatga to‘xtatishga rozi bo‘lishi mumkin.
Shu bilan birga, Islom Respublikasi ballistik raketalar bo‘yicha yon berish niyatida emas, chunki mamlakatga kelajakda hujumlar sodir bo‘lgan taqdirda ularni dushmandan himoya vositasi, deb biladi.
Yaqinda O‘monning Maskat shahrida Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Aragchi va Qo‘shma Shtatlar prezidenti vakili Stiv Uitkoff o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Ta’kidlanishicha, ushbu muloqot 2025 yil iyun oyida Eron-Isroil mojarosining ochiq bosqichi tufayli yuzaga kelgan muzokaralar jarayonidagi bir oylik tanaffusdan keyingi ilk muzokaradir. Shu kungacha Eron va AQSH beshta maslahatlashuv raundini o‘tkazgan.
G.Sattorova, O‘zA