French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Eron yadro dasturi bo‘yicha kelishishga tayyor
12:06 / 2025-07-21

Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi mamlakat Fransiya, Germaniya va Buyuk Britaniya bilan yadro dasturi bo‘yicha muzokaralarni qayta boshlashga tayyorligini ma’lum qildi. Uning aytishicha, tomonlar uchrashuv sanasini belgilash ustida ishlamoqda.

Bu tashabbus Tehron va G‘arb o‘rtasidagi keskinlikni yumshatish yo‘lida muhim qadam sifatida ko‘rilmoqda. Muzokaralarning qayta tiklanishi yaqinda Isroil va AQSH tomonidan Erondagi yadro ob’ektlariga uyushtirilgan hujumlar hamda unga nisbatan sanksiyalar qayta joriy etilishi haqidagi tahdidlar ortidan ilgari surilmoqda.

Aroqchi shuningdek, AQSH bilan ham “kelishib olish”ga tayyor ekanini bildirgan, biroq bu faqat Tehronga qarshi harbiy hujumlar takrorlanmasligi kafolatlangandagina mumkinligini ta’kidlagan.

Musulmon Ziyo, O‘zA