Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Eron va Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vazirlari Pekinda uchrashdi
15:17 / 2023-04-06

Bugun Pekin shahrida Eron va Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vazirlari uchrashuvi bo‘lib o‘tdi, deb xabar berdi “The National” gazetasi.

Muloqot davomida tomonlar o‘zaro elchixonalarni ochish, havo qatnovini  tiklash va har ikki mamlakat fuqarolariga viza berish tartibini soddalashtirishga kelishib oldilar.

Nashr ma’lum qilishicha, Qirollik va Eron Islom Respublikasi o‘rtasida, deyarli, yigirma yil oldin imzolangan xavfsizlik kelishuvi tiklanishi ham rejalashtirilgan. Mazkur hujjat terror, giyohvand moddalar noqonuniy aylanmasi va jinoiy daromadni legallashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha hamkorlikni nazarda tutadi.

G.Abdullayeva, O‘zA