Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Eron va Rossiya Xitoyga neft sotishda raqobatchimi?
15:28 / 2026-02-26

Hindiston Rossiya va Erondan neft sotib olishni kamaytirgach, Moskva va Tehron ushbu mahsulotga sezilarli chegirma taklif qila boshladi. Shu tariqa ikki davlat o‘rtasida xitoylik xaridorlar uchun raqobat paydo bo‘ldi. Norvegiyaning “Rystad Energy” tahlil kompaniyasi ma’lumotiga ko‘ra, Hindiston RF nefti importini 40 foiz kamaytirib, kunlik ko‘rsatkichni 600 000 barrelga tushirdi.

Xitoy esa to‘liq o‘zlashtirishga ulgurolmayotgani sababli, Osiyo suv hududida neft to‘planib qolyapti. Sotilmayotgan xom ashyo hisobiga esa Rossiya va Eronning imkoniyati chegaralanib qolyapti. Kreml allaqachon ishlab chiqarishni kamaytirishga majbur bo‘ldi. Bu holat Ukraina bilan urush uchun mablag‘ ajratilishiga ta’sir qilmoqda. Shu bilan birga, Eron Qo‘shma Shtatlarning hujumiga tayyorgarlik ko‘rish uchun iloji boricha neft savdosini kuchaytirishga harakat qilmoqda.

“Bloomberg” agentligi yozishicha, Eron va RF raqobatida ruslar ustunlik qilmoqda. Rossiya tomonidan Xitoy portlariga yetkazib berish 1-18-fevral mobaynida kuniga 2,09 million barrelgacha ko‘tarildi. Bu yanvar oyiga nisbatan taxminan 20 foiz, o‘tgan yil dekabr oyiga nisbatan esa qariyb 1,5 barobar ko‘p. Eron esa bu yil XXRga o‘tgan yilning shu davriga nisbatan taxminan 12 foiz kam, kuniga o‘rtacha 1,2 million barrel neft eksport qilgan.  

S.Rahimov, O‘zA