English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Eron va AQSH mahbuslarni almashishga kelishib oldi
12:10 / 2023-08-11

Eron va AQSH mahbuslarni almashishga kelishdi, Tehron shuningdek, gumanitar maqsadlarda foydalanish uchun avval muzlatib qo‘yilgan 6 milliard dollarlik aktivlarini ham qaytarib oladigan bo‘ldi, deb xabar tarqatdi New York Times gazetasi xabardor manbalarga tayanib.

“Bitim shartiga ko‘ra, Eron neft eksportidan orttirgan ushbu 6 milliard dollarlik mablag‘ni gumanitar maqsadlarga ishlatadi”, – deyiladi maqolada.

Bundan tashqari, mazkur bitimni amalga oshirishga qaratilgan birinchi qadam sifatida Tehron AQSH va Eron fuqaroligiga ega besh kishini qamoqdan ozod qilgan. Ular shu vaqtgacha josuslikda ayblanib uy qamog‘ida saqlanayotgan edi, deyiladi xabarda.