Eron va AQSH Jenevada muzokara o‘tkazadi
Joriy yilning 26-fevral kuni Jeneva shahrida Eron va Qo‘shma Shtatlar o‘rtasida Tehron yadroviy dasturi bo‘yicha muzokaralarning uchinchi raundi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda O‘mon tashqi ishlar vaziri Badr al-Busaydiy ma’lum qildi.
– AQSH-Eron muzokaralari payshanba kuni Jenevada bo‘lib o‘tishi rejalashtirilganini tasdiqlashdan mamnunman, ijobiy natija bilan kelishuvni yakunlash yo‘lida keyingi qadamni bosib o‘tish kerak, -deb yozdi siyosatchi o‘z sahifasida.
Eslatib o‘tamiz, tomonlar o‘rtasida muzokaralarning birinchi raundi 6-fevralda O‘monda, ikkinchi raundi esa 17-fevral kuni Jenevada bo‘lib o‘tgan edi.
G.Sattorova, O‘zA