Eron TIV Falastin virtual elchixonasini ishga tushirdi
Eron Tashqi ishlar vazirligi internet tizimida Falastinning eksperimental virtual elchixonasi ishga tushirildi. EIR rasmiy vakili Nosir Qonuniy ma’lum qilishicha, virtual diplomatik missiya Isroilning G‘azo sektoridagi harbiy amaliyoti sharoitida Falastinni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etildi. Bu haqda “Kazinform” yozgan.
– Ushbu eksperimental virtual elchixona texnik muammolar va ishga oid boshqa jihatlarni yaxshiroq o‘rganish imkonini beradi, – deydi mulozim.
IRNA agentligi xabariga ko‘ra, vazirlik saytida allaqachon loyihaning texnik muammoni izlaydigan sinov versiyasi ishga tushirilgan.
Ma’lumki, Eron Falastinni Birlashgan Millatlar Tashkiloti doirasida tan olinishi tarafdori. Yaqinda mamlakatning BMTdagi elchisi va doimiy vakili Amir Said Eravoniy ushbu ma’lumotni tasdiqladi.
Uning ta’kidlashicha, BMT Bosh Assambleyasida ayni masala bo‘yicha rezolyutsiya ovozga qo‘yilgani tarixiy adolatsizlik va falastinliklarga yetkazilgan azob-uqubatga qarshi kurashda ilk qadam, burilish nuqtasidir.
G.Sattorova, O‘zA