Eron TIV: Afg‘onistondagi yangi hukumatni tan olishga hali erta
Eron tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Said Xatibzoda matbuot anjumanida Afg‘onistondagi hukumatni tan olish haqida gapirishga hali ertaligini ta’kidladi.
“REGNUM” xabariga qaraganda, u: “Biz Afg‘onistondagi hukumatning shakllanishini sinchkovlik bilan kuzatib keyin bir qarorga kelamiz”, deb fikr bildirgan.
Diplomatga “taklif bo‘lsa Eron toliblar hukumati inauguratsiyasiga qatnashadimi”, deb savol berildi. Xatibzoda bunga: “Eron Afg‘on hukumati harakatiga qarab bir qarorga keladi”, deb javob berdi.
Avvalroq Eronning BMTdagi doimiy vakili Taxt Ravonchi mamlakat hukumati ziddiyatga barham berish uchun Eron Afg‘onistondagi guruhlarga har tomonlama ko‘mak berishini aytgandi.