Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Eron tashqi ishlar vaziri: BMT xavfsizlik kengashiga a’zo davlatlar AQSh Prezidenti roziligisiz hech narsa qilolmaydi
10:02 / 2019-09-30

Eron tashqi ishlar vaziri Muhammad Javod Zarif Yevropadagi yadroviy davlat AQSh irodasiga qarshi borolmasligini aytib o‘tgan.


Eron tashqi ishlar vaziri Muhammad Javod Zarif Yevropadagi yadroviy davlat AQSh irodasiga qarshi borolmasligini aytib o‘tgan. “Biz BMT xavfsizlik kengashiga doimiy a’zo bo‘lgan davlat Prezidenti bilan gaplashsak, u bizga AQSh Prezidenti Donald Tramp roziligisiz hech narsa qilolmasligini aytadi”, dedi u. Vazirning so‘zlari Eron tashqi ishlar mahkamasi axborot manbasida e’lon qilingan.

U nazarda tutgan davlatga aniqlik kiritilmagan. Lekin, ma’lumki, so‘nggi paytda Eron tomoni Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron bilan faol muzokaralarga kirishgan. Aytish joiz, Fransiya BMT xavfsizlik kengashi doimiy a’zosi.