English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Eron Rossiyaga ikki xil avtomobil eksport qilmoqchi
15:24 / 2022-09-30

Mamlakat ehtiyot qismlar assotsiatsiyasi direktorlar kengashi raisi Manesh Najafiy “RIA Novosti”ga ma’lum qilishicha, Eron tomoni Rossiyaga “Tara” va “Shahin” nomli ikki turdagi avtomobil modelini eksport qilishi mumkin.

Rossiya Federatsiyasi sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Albert Karimov jurnalistlarga ma’lum qilishicha, Eron avtomobil ishlab chiqaruvchilari Rossiya bozoriga kirishga qiziqish bildirmoqda va vazirlik ham sheriklikka tayyor.

“Bular Moskva ko‘rgazmasida namoyish etilgan “Tara” va “Shahin” avtomobillari”, — dedi Najafiy.
U Moskva bilan og‘ir transport vositalari sohasida hamkorlik qilish imkoniyati ham mavjudligini ta’kidladi.
Eron avtomobillari ob-havo sharoiti bilan bog‘liq maxsus sinovdan o‘tmoqda. Bunday mashinalar Rossiya hududida 25 darajagacha sovuq haroratga bardosh bera oladi.