Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Eron raketa va dronni kriptovalyutaga sotadi
23:47 / 2026-01-05

“Financial Times” nashri xabar tarqatishicha, Eron Mudofaa vazirligi huzuridagi tashqi savdo uchun mas’ul “Mindex” davlat agentligi mijozlarga raqamli valyutada to‘lovni nazarda tutadigan shartnoma tuzish bo‘yicha muzokara olib borish imkoniyatini taklif qilmoqda. Islom Respublikasi shu tarzda “Shahed” droni, “Emad” raketasi, “Shahid Soleimani” toifali jangovar kema, havo mudofaasi tizimi yetkazib berishga tayyorligini e’lon qildi.

Kriptovalyuta Eron rialida barter va to‘lov usuli sifatida ko‘rib chiqilyapti. Maqolada Tehron G‘arb moliyaviy cheklovini chetlab o‘tishga harakat qilayotgani ta’kidlangan. Eron bilan an’anaviy moliyaviy vositalar orqali hisob-kitob qiladigan  tomonlar AQSH, Yevropa Ittifoqi va Buyuk Britaniya sanksiyasi tufayli mazkur tizimlardan uzilib qolish xavfi ostida qolgan. Umuman, Eron strategik harbiy texnika eksporti uchun to‘lov sifatida kriptovalyuta qabul qilishga tayyorligini birinchi marta ochiqchasiga e’lon qildi.                                                                        

S.Rahimov, O‘zA