Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Eron Prezidentining ilk xorijiy tashrifi
15:30 / 2024-09-11

Prezident Mas’ud Pezeshkiyon ilk xorijiy safarini Bag‘dodga amalga oshirdi. Iroq Bosh vaziri matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Eron Islom Respublikasi rahbarini poytaxt xalqaro aeroportida hukumat boshlig‘i – Muhammad Shia As-Sudaniy kutib olgan.

Sudaniy Prezident va unga hamrohlik qilayotgan delegatsiya a’zolari bilan keng qamrovli muzokara o‘tkazadi. Yetakchilar soliq siyosati, qishloq xo‘jaligi, tabiiy resurslar, kommunikatsiya, ijtimoiy himoya, yoshlar va sport, ta’lim, turizm, madaniyat, tarixiy meros, kasb-hunar ta’limi sohalarida kelishuv va bitimlarni imzolash marosimida ishtirok etadi.

Pezeshkiyonning Prezident Abdul Latif Rashid, parlament spikeri vazifasini bajaruvchi Muhsin Mendelaviy va yana bir necha rasmiy bilan uchrashuvi ham kutilyapti.