Eron Prezidenti rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi
Prezident Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Eron Islom Respublikasi Prezidenti Ibrohim Raisiy 14 sentyabr kuni rasmiy tashrif bilan mamlakatimizga keldi.
Samarqand xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov kutib oldi.
[gallery-8776]
Ikki davlat o‘rtasidagi muzokaralar va tashrif doirasidagi tadbirlarda ko‘p qirrali munosabatlarni yanada rivojlantirish ko‘rib chiqiladi. Savdo, kooperatsiya, innovatsiyalar, transport, energetika, turizm va boshqa yo‘nalishlardagi amaliy hamkorlik borasida qator qo‘shma hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.
15-16 sentyabr kunlari Prezident Ibrohim Raisiy SHHTning Samarqand sammiti tadbirlarida qatnashadi.
A.MUSAEV, O‘zA