French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Eron Prezidenti rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keladi
14:36 / 2022-09-12

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Eron Islom Respublikasi Prezidenti Ibrohim Raisiy 14-16 sentyabr kunlari rasmiy tashrif bilan mamlakatimizda bo‘ladi.

Oliy darajadagi O‘zbekiston-Eron muzokaralari va tashrif doirasidagi boshqa tadbirlar Samarqand shahrida  bo‘lib o‘tadi.

Ikki mamlakat yetakchilari ko‘p qirrali munosabatlarni yanada rivojlantirish va mustahkamlash masalalarini ko‘rib chiqadilar, savdo, kooperatsiya, innovatsiyalar, transport, energetika, turizm va boshqa yo‘nalishlardagi amaliy hamkorlikni kengaytirishga alohida e’tibor qaratadilar.

Uchrashuv yakunida qator qo‘shma hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.

15-16 sentyabr kunlari Prezident Ibrohim Raisiy SHHTning Samarqand sammiti tadbirlarida ishtirok etadi.