English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Eron Prezidenti Qorabogʻ ziddiyati tufayli mintaqadagi barqarorlikka putur yetishidan xavotirda
12:56 / 2020-10-08

Eron Prezidenti Hasan Ruhoniy Qorabogʻ ziddiyati tufayli mintaqadagi barqarorlikka putur yetishi boʻyicha xavotirini bayon qildi.


Eron Prezidenti Hasan Ruhoniy Qorabogʻ ziddiyati tufayli mintaqadagi barqarorlikka putur yetishi boʻyicha xavotirini bayon qildi.

“Interfaks”ning maʼlum qilishicha, Ruhoniy Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev bilan telefon orqali muloqotda Togʻli Qorabogʻdagi vaziyatni muhokama qilib, mazkur ziddiyat tez fursatlarda bartaraf etilishiga umid bildirdi.

Maʼlumot oʻrnida aytish joizki, yaqinda Eron rahbarining maslahatchisi Ali Akbar Viloyatiy Armanistonni Ozarbayjonning oʻziga tegishli boʻlgan hududni unga qaytarishga chaqirgandi.