Eron prezidenti jiddiy bayonot bilan chiqdi
“Al Jazeera” nashri yozishicha, Eron Islom Respublikasi prezidenti Ma’sud Pezeshkiyon mamlakat AQSH, Yevropa va Isroil bilan “to‘liq ko‘lamli urush” holatida ekanligini ta’kidlagan.
Pezeshkiyonning aytishicha, Eronga bosim keng qamrovli bo‘lib, iqtisodiy, harbiy, siyosiy, axborot va kuch vositalarini o‘z ichiga oladi.
Yetakchi hozirgi vaziyatni sakkiz yillik Eron-Iroq urushidan ham murakkabroq deb ta’riflab, “biz Amerika, Isroil va Yevropa bilan to‘laqonli urush holatidamiz va ular mamlakatimizning oyoqqa turishini istashmayapti” dedi.
Qo‘shma Shtatlar va uning ittifoqchilari Eronni yadro quroliga ega bo‘lishga intilishda ayblamoqda, Tehron esa bu da’voni bir necha bor rad etgan.
S.Rahimov, O‘zA