Eron Prezidenti do‘st va qo‘shni davlatlarga murojaat qildi
Prezident Mas’ud Pezeshkiyon ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali do‘st va qo‘shni davlatlar rahbarlariga murojaat qilib, jumladan shunday degan: Eron diplomatik yo‘llar bilan mojaroning oldini olishga harakat qildi, ammo Isroil va Qo‘shma Shtatlarning harbiy tajovuzi mamlakatga o‘zini himoya qilishdan boshqa chora qoldirmadi. Biz sizning suverenitetingizni hurmat qilamiz, mintaqa xavfsizligi va barqarorligiga umumiy sa’y-harakat orqali erishish mumkinligiga ishonamiz.
Eslatib o‘tamiz, 28-fevral kuni Isroil Eronga qarshi keng ko‘lamli hujum uyushtirdi. O‘sha kuni Tramp Islom Respublikasiga qarshi keng ko‘lamli harbiy amaliyot boshlanganini e’lon qildi. Bunga javoban Tehron Yaqin Sharq va Isroil hududidagi Amerika bazalariga hujum boshladi.
G.Sattorova, O‘zA