Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Eron Prezidenti BMT Bosh Assambleyasida ishtirok etish uchun Nyu-Yorkka boradi
15:52 / 2022-08-02

Eron Prezidenti Ibrohim Raisiy sentyabr oyida BMT Bosh Assambleyasida ishtirok etish uchun Nyu-Yorkka borishni rejalashtirmoqda.

Bu haqda Eron hukumati matbuot kotibi Ali Bahodariy Jahromiy ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.

- Dastlab bu masala dasturga kiritilgan edi, - dedi u Raisiyning Nyu-Yorkka ehtimoliy 
tashrifi haqidagi savolga javob berarkan.

20-26 sentyabr kunlari BMT Bosh Assambleyasining Oliy darajadagi haftaligi bo‘lib o‘tadi. O‘tgan yil Raisiy koronavirus bilan bog‘liq vaziyat tufayli Nyu-Yorkka kelmasligini aytgan va tadbirda video havola orqali gapirgan. O‘shanda Eron delegatsiyasiga tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullaxon boshchilik qilgan.

O‘zA