Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Eron – Pokiston o‘rtasida bitim imzolandi
13:08 / 2021-04-23

Eron va Pokiston tashqi ishlar vazirlari qo‘shma chegara bozorini yaratish to‘g‘risida bitim imzoladi.

Uchrashuv Eron poytaxti Tehronda bo‘lib o‘tdi. Ta’kidlash joiz, ikki mamlakat tashqi ishlar vazirlarining muzokaralari yakunida Eron va Pokiston o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash borasida ham qator kelishuvlar muhokama qilindi.

Xabar berilishicha, Pokiston tashqi ishlar vaziri Shoh Mahmud Qurayshiy seshanba kuni uch kunlik rasmiy tashrif bilan Tehronga kelgan edi. Vazir Eronlik hamkasbi bilan uchrashuvdan tashqari mamlakat prezidenti Hasan Ruhoniy va Eron parlamenti spikeri bilan ham uchrashgan.