Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Eron Oliy Rahbari vazifasini vaqtincha bajaruvchi tayinlandi
23:19 / 2026-03-01

Alirizo Arofiy Eron Oliy Rahbari vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi. Bu haqda "Reuters" xabar berdi.

Boshqaruv kengashi a’zosi sifatida faoliyat yuritadigan 67 yoshli Arofiyga Oliy Rahbar vakolatini vaqtincha amalga oshirish mas’uliyati yuklandi. U kengash tarkibida Prezident Mas’ud Pezeshkiyon hamda Oliy sud raisi G‘ulomhusayn Muhsiniy Ejoy bilan birga ish olib boradi.

Davlat boshqaruvida beqiyos tajribaga ega ruhoniy hisoblanadigan Alirizo Arofiy marhum Oliy Rahbar Ali Humonaiyning ishonchli vakillaridan biri sifatida tanilgan. Tayinlovga qadar u Ekspertlar assambleyasi raisi o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

Shuningdek, nufuzli Posbonlar kengashi a’zosi bo‘lgan, mamlakatdagi diniy ta’lim muassasalari tizimiga rahbarlik qilgan. Avvalroq rasmiy manbalar Ali Humonaiy halok bo‘lganini tasdiqladi. Ma’lum qilinishicha, mamlakatni vaqtincha Prezident va sud hokimiyati rahbaridan iborat kengash boshqarib turadi. 

F.Yaxshiboyeva, O‘zA