English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Eron neftini tashiyotgan tankerlar musodara qilinishi mumkin
06:36 / 2026-02-12

AQSH Tehronga bosim o‘tkazish uchun Eron neftini tashiyotgan tankerlarni musodara qilish masalasini ko‘rib chiqmoqda. “The Wall Street Journal” manbalarga tayanib xabar berishicha, Oq uy bir vaqtning o‘zida bunday harakat oqibatidan xavotir ham olmoqda.

Ta’kidlanishicha, Eronni yadroviy dasturni cheklovchi bitimni imzolashga majburlash maqsadida muhokama qilinayotgan bir necha yo‘ldan biri sifatida baholanayotgan  mazkur qadam turli e’tirozlarga ham duch kelmoqda.

AQSH fikricha, bunday amaliyot Islom Respublikasi tomonidan javob choralari ko‘rilishi ehtimolini kuchaytiradi. Ya’ni, Amerikaning mintaqadagi ittifoqchilariga tegishli neft tankerlari musodara qilinish, hatto global neft ta’minotining 25 foizigacha o‘tadigan Hormuz bo‘g‘ozi minalashtirilishi mumkin. Tabiiyki, bunday holatda neft narxi keskin oshadi.

  S.Rahimov, O‘zA