Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Eron neft zavodi portladi
13:47 / 2023-08-25

Eron sharqidagi Rizoviy Xuroson muzofotida neftni qayta ishlash zavodi portladi. Hodisa oqibatida ikki kishi halok bo‘lib, besh kishi jarohatlandi. Bu haqda “IRNA” rasmiy axborot agentligiga viloyat gubernatori o‘rinbosari Muhammad Zehdiy ma’lum qilgan.

– Seraxs tumanida joylashgan korxonada, gaz sizib chiqishi sabab, baxtsiz voqea sodir bo‘ldi, – dedi Eron rasmiysi. – Afsuski, Xangiron zavodining 2 nafar ishchisi hayotdan ko‘z yumdi. 5 nafar yarador shifoxonaga yotqizildi, ularning ahvoli qoniqarli.

Ushbu hudud mamlakatni Turkmaniston bilan bog‘lab turadi.

 

O‘zA