English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Eron mojarosi oqibatida neft narxi oshdi (+video)
17:38 / 2026-03-02

Dushanba kungi ertalabki savdolarda dunyo bozorida neft narxi ko‘tarildi. AQSH va Isroilning Eronga hujumlari Tehronning tezkor javob harakatlariga sabab bo‘ldi va bir necha Yaqin Sharq davlatlarida neft va gaz aktivlari xavf ostida qoldi, deb xabar berdi Evronews.

Savdolar boshlanishida AQSH standart nefti barreli taxminan 8%ga ko‘tarilgan. Brent markali nefti esa 6,2% ga ko‘tarilib, 77 dollardan oshgan. Treyderlar Eron va boshqa Yaqin Sharq davlatlaridan neft yetkazib berish sekinlashishi yoki butunlay to‘xtab qolishi mumkinligini hisobga olmoqda. Xususan, Hormuz bo‘g‘ozi orqali ikki kemaga hujum qilingani mamlakatlarning neft eksport qilish imkoniyatini chekladi.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, dunyo nefti va tabiiy gazning taxminan beshdan biri Hormuz bo‘g‘ozi orqali o‘tadi. Bu shunchaki kanal emas, balki global energetika tizimining asosiy qon tomiri hisoblanadi.  

Agar, mojaro uzoq davom etsa, nafaqat neft, balki boshqa yonilg‘i turlari narxi ham oshishi va dunyo iqtisodiyotiga ta’sir qilishi mumkin. Chunki, energiya barcha ishlab chiqarishning asosiy xom ashyosi sanaladi.  

Eron kuniga taxminan 1,6 million barrel neft eksport qiladi, asosan Xitoyga. Agar Erondan eksport to‘xtasa, Pekin bozorida ham narxlarning o‘sishiga sabab bo‘lishi mumkin. Biroq Xitoyda 1,5 milliard barrel neft zaxirasi mavjud va Rossiyadan import orqali qisqargan neft ta’minotini qoplashi mumkin. Mutaxassislar esa, baribir, neft bozoridagi o‘zgarishlarga tayyor turishni maslahat berishmoqda.  

Yaqin Sharqdagi mojaro nafaqat energiya bozorida, balki global iqtisodiyotga ham katta ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Neft va gaz taqchilligi hamda narxlarning oshishi barcha iqtisodiy jarayonlarni to‘sishi ehtimol qilinmoqda.                        

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/RFzT6YVPmr4" title="Eron mojarosi oqibatida neft narxi oshdi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Kenja Bekjonov, Ulug‘bek To‘xtayev, O‘zA