Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Eron mojaro davrida 21 000 kishini hibsga oldi
15:09 / 2025-08-13

Eron hukumati Isroil bilan iyun oyida yuz bergan 12 kunlik keskin mojaro chog‘ida 21 000 ga yaqin shaxs qo‘lga olinganini e’lon qildi. Rasmiy ma’lumotga ko‘ra, 261 kishi josuslikda gumon qilingan, 172 fuqaro noqonuniy suratga olishda ayblangan, 2 774 migrant noqonuniy ravishda mamlakatda bo‘lgan.

13 iyunda Isroil Eron hududiga havo zarbalari uyushtirgach, mamlakat bo‘ylab 1000 dan ziyod nazorat manzillari ishga tushirildi. Politsiya vakili Said Muntazirulmahdiy davlat telekanaliga bergan intervyusida ushbu tadbirlar fuqarolarning faol xabardorligi va ma’lumot berishi asosida amalga oshirilganini таъкидлади.

Tekshiruv chog‘ida gumondorlarning telefoni ko‘zdan kechirilgan va 30 ta maxsus xavfsizlik holati aniqlangan.

BMT Qochqinlar agentligi esa mojaro payti Eron Afg‘oniston fuqarolarini deportatsiya qilishni keskin oshirgani, eng yuqori ko‘rsatkich 26 iyunda qayd etilgani, bir kunda 36 100 nafar afg‘on mamlakatni tark etganini ma’lum qildi.

Bu raqam Eron sud tizimi rahbari G‘ulomhusayn Muhsiniy o‘tgan oy aytgan 2 000 kishilik ko‘rsatkichdan ancha farq qiladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, hibsga olinganlarning ko‘pi aybsiz, deb topilib, qo‘yib yuborilgan.

Musulmon Ziyo, O‘zA