Eron: Mamlakatning birinchi vitse-prezidenti tayinlandi
Eron ijroiya hokimiyati rahbari, mamlakat prezidenti Ibrohim Raisiy Muhammad Mobarni islom respublikasining birinchi vitse-prezidenti etib tayinladi.
IRNA bu haqda xabar bermoqda.
Bungacha mazkur siyosatchi mamlakatning ma’naviy rahnamosi Ali Humayniyga bevosita bo‘ysunuvchi, topshiriqlarni bajarish bo‘yicha shtab boshlig‘i bo‘lib ishlagandi. Ma’lumot uchun aytish joizki, aynan Muhammad Mobarning bevosita nazorati bilan Eron koronavirusga qarshi o‘z vaksinasini yaratish ustida ish olib bormoqda.