Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Eron MAGATEdan norozi
08:57 / 2023-09-17

AQSH va Yevropaning uch davlati MAGATE Boshqaruvchilari kengashidagi a’zoligini suiste’mol qilmoqda.

Eron Tashqi ishlar vazirligi vakili Nosir Kanoniy Chafiy ayni mazmundagi bayonotida quyidagi so‘zlar bor:

- Afsuski, Eronning MAGATE bilan ijobiy, konstruktiv va doimiy hamjihat aloqasiga qaramay, Yevropadagi uch mamlakat va AQSH muayyan siyosiy maqsad yo‘lida mazkur xalqaro tashkilot Boshqaruvchilar kengashidagi vakolatini suiste’mol qilib kelgan.

Ta’kidlanishicha, Tehron “G‘arb xalqaro tashkilotlar, xususan MAGATEdan siyosiy yo‘lda foydalanishni to‘xtatishi, bunday tuzilmalar o‘z faoliyatini malakali va mustaqil ravishda olib borishi uchun siyosiy bosim o‘tkazishdan yiroq bo‘lishi”ni kutib qoladi.

– Eron avval ham bunday siyosiy suiste’mollik oqibatidan ogohlantirgan edi, – deya qo‘shimcha qilgan diplomat. – Tehron Agentlik bilan o‘zaro kelishuv doirasida hamkorlikni davom ettiradi.

Boshqaruvchilar kengashi Erondan MAGATE tomonidan Turkuzobod va Varamin ob’ektlarida qayd etilgan uran qoldig‘i to‘g‘risida ma’lumot taqdim etish va Agentlik istagan joyda videokuzatuv kameralari o‘rnatishni talab qilgan.