English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Eron MAGATE bilan hamkorlikka tayyor(mi)?
11:24 / 2023-03-05

Eron MAGATE bilan “yuqori darajada”gi muloqotga doir muammolarni hal qilishga tayyorligini, shuningdek, texnik muhokamani davom ettirish niyati borligini bildirgan. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

Qayd etilishicha, mazkur nufuzli tashkilot Bosh direktori Rafael Grossi Islom Respublikasi tomonidan berilgan kafolatni olqishlagan. Tehron va agentlik Fordo yadroviy inshootidagi, 83.7 foiz boyitilgan uran zarralari kelib chiqishi ehtimolini to‘liq aniqlash uchun texnik munozarani boshladi.

Eron, o‘z navbatida, MAGATEga tekshirish va monitoring faoliyatini amalga oshirishga ruxsat berish niyatida. Jarayon sharti keyingi muhokamada kelishib olinadi.

Bundan tashqari Eron xalqaro mutaxassislarni uchta yadroviy ob’ektga kiritishni ta’minlamoqchi. Tomonlar mamlakatning “huquqi va majburiyati” hamda agentlik vakolati asosida hamkorlik qilishga kelishgan.

Shanba kuni Grossini Prezident Ibrohim Raisiy qabul qilgan. Uchrashuvda MAGATE bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilishini nazarda tutuvchi qo‘shma chora-tadbirlar muhokama qilingan.

A.G‘ulomov