Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Eron: Kimyo zavodida portlash yuz berdi
15:39 / 2022-06-14

Eronning Fars provinsiyasidagi karbonat natriy ishlab chiqarish zavodida portlash yuz berdi va uning oqibatida 112 nafar kishi jarohatlandi.

Bu haqida IRNA axborot agentligi xabar qilmoqda.

Portlash rezervuarlardan biridagi teshik sababli kelib chiqqanligi ma’lum bo‘ldi. 

Fars provinsiyasining Inqirozni boshqarish markazi direktori Xalil Abdullohi halokat sodir bo‘lgan joydan hamma tezlik bilan evakuatsiya qilinib, portlash natijasida hech kim halok bo‘lmaganligini qayd etdi. 

Olov zavodning boshqa rezervuarlariga tarqalganligi hamda gaz chiqqanligi tufayli Jom-Feruzobod yo‘li o‘tish uchun yopilgan.

 

IRNA materiallari asosida Gulruh Abdullayeva tayyorladi, O‘zA