Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Eron keng ko‘lamli harbiy mashq o‘tkazadi
15:04 / 2023-10-27

Eron qurolli kuchlari yaqin kunlarda “Iqtidor-1402” nomli keng ko‘lamli harbiy mashq o‘tkazadi, deb xabar tarqatdi davlatga qarashli “Tasnim” agentligi.

– Quruqlikdagi qo‘shinlarning “Iqtidor-1402” mashqi tez orada boshlanadi, – deyiladi xabarda. – Tadbirda quruqlik qo‘shinlari tarkibidagi turli bo‘linmalar ishtirok etadi.

Mashg‘ulotga zirhli tank, artilleriya, raketa, havo desanti, uchuvchisiz uchar qurilmalar kabi bo‘linmalarning barcha turdagi texnikasi jalb qilinadi.

Mamlakat markazidagi Isfaxon shahridan uzoq bo‘lmagan Nasraboda tumanida rejalashtirilgan harbiy mashq G‘azo sektorida Isroil – XAMAS qurolli to‘qnashuvi keskinlashgan davrga to‘g‘ri keldi. Tel-Aviv Tehron va ittifoqchilar jangovar harakatga aralashishidan xavotir olmoqda. Isroil hukumati Islom respublikasini bunday qadam tashlash oqibatidan ogohlantirgan. Isroil iqtisodiyot va sanoat vaziri Nir Barkat yakshanba kuni “Agar “Hizbulloh” shimolda ikkinchi frontni ochadigan bo‘lsa, Eronga zarba berilishi”ni ma’lum qilgandi.

O‘z navbatida Eronning Ispaniyadagi elchisi Rizo Zabib “20minutos” gazetasiga intervyu berib, “Mabodo Islom respublikasiga qarsha qandaydir “telbalik”ni amalga oshirsa, Tehron qaytaradigan javobdan Isroil pushaymon qiladi” degan.

S.Rahimov, O‘zA